Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Yevropa klublarini qaysi kompaniyalar «kiyintirmoqda»?

Yevropa klublarini qaysi kompaniyalar «kiyintirmoqda»?

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yevropa klublarini qaysi kompaniyalar «kiyintirmoqda»? Puma bu borada o‘z nomiga yarasha (puma eng chopqir hayvonlar sirasiga kiradi) Adidas va Nike guruhlaridan o‘zib ketdi.

Umuman, Yevropaning katta ligalari jamoalari texnik homiylari ro‘yxatida hamon odatiy uchlik - Adidas, Nike va Puma yetakchilik qilmoqda. Shuning barobarida peshqadamlar tartibida ham sezilarli o‘zgarish ro‘y berdi - Puma bir tezlik olib, 1-o‘ringa ko‘tarildi (o‘tgan mavsum 3-qatorda edi). Xullas, Germaniya kompaniyasi hamkor klublar tarmog‘ini 12tadan 17taga kengaytirdi. Vaholanki, Puma 2 yilcha oldin Macron brendini ham oldinga o‘tkazib yuborib, top-3dan chetga chiqib qolgandi. Nike qaramog‘ida 15ta klub bor, agar Nocta subbrendini ham qo‘shib hisoblasak, 16ta.

APL (7ta brend): Adidas dominantligi, Castore qulashi va yangi guruh - Sudu. Adidas APLdagi o‘z ulushini 4tadan 7ta jamoaga oshirdi: Germaniya guruhiga «Aston Villa», «Nyukasl» va Chempionshipdan ko‘tarilgan «Lester» qo‘shildi (Adidas bu klub bilan 2018 yildan buyon hamkorlik qilmoqda). Castore aksincha, o‘tgan mavsumdagi barcha hamkorlaridan ayrildi - «Aston Villa», «Nyukasl» va «Vulverxempton». Angliya brendining obro‘si mahsulotlar sifatsizligidan tushib ketdi. Deylik, «Villa» Castore futbolkalarida nam tortish xususiyati pastligidan nolidi, «Nyukasl» va «Vulvz» esa formalar materiali pishiq emasligidan. Shunga qaramay, Castore APL texnik hamkorlari qatorida qoldi Hummel brendidan voz kechgan «Everton»ni o‘z tomoniga og‘dirish evaziga. Castore bilan hamkorlikni to‘xtatgan «Villa» va «Nyukasl» Adidas brendini tanlagan bo‘lsa, «Vulverxempton» yana eksperimentga qo‘l urib, joriy yil tashkil etgan yangi brend - Sudu (Buyuk Britaniya) mijoziga aylandi. Hammasi oddiy izohlanadi: yangi brend Levy Merchandising kompaniyasi negizida yaratildi. Levy guruhini esa bu masalada «Vulvz» egasi - Fosun Sports Group (Xitoy konglomerati) qo‘llab-quvvatladi. APLda uzoq vaqt birgina «Manchester Siti» bilan hamkorlik qilib kelgan Puma qanotida esa endi Chempionshipdan chiqqan «Sautgempton» ham borligini alohida ta’kidlash joiz.

----------------------------------------------------------------

La Liga (10ta brend): Adidas qaramog‘ida faqat «Real» bor... Ispaniyada brendlar ro‘yxati nisbatan kengroq: joriy mavsum texnik hamkorlar qatoriga Kelme va Kappa qo‘shildi. La Ligaga qaytgan «Espanyol» va «Valyadolid» aynan shu ikki guruh qaramog‘ida tegishlicha. Zabardast Adidas esa birgina «Real» bilan qoldi. Taqqoslash uchun, germaniyaliklar avvalgi mavsum 4ta klub bilan La Ligada yetakchi edilar. Biroq «Granada» Segundaga tushib ketdi, «Selta» Hummel bilan ishlashni ixtiyor etdi, «Osasuna» esa Macron guruhini ma’qul ko‘rdi. Nike o‘z odatiga ko‘ra, kuchli jamoalarga «ega» - «Barselona» va  «Atletiko». Jumladan, kataloniyaliklar bilan hamkorlik muddati 25 yildan oshdi. 

----------------------------------------------------------------

«A» seriya (12ta brend): «Venesiya» reper Dreyk brendiga oshufta. Italiya elit ligasida an’anaviy xilma-xillik bor. Chunonchi, aksariyat klublar mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan ishlaydi. Ayni payt «A» seriya ishtirokchilaridan yarmi Italiya brendlari qanoti ostida. Xususan, «Lechche» 2018 yiliyoq o‘zining shaxsiy brendiga asos solgandi - M908. «Kalyari»ni 2006 yili Sardiniyada klubning sobiq futbolchisi Alessandro Ariu tomonidan tashkil etilgan EYE Sport «kiyintirayotgan» bo‘lsa, «Napoli» futbolka tayyorlash va ularni tarqatishda barchasini mustaqil hal qilmoqda. To‘g‘ri, neapolliklar bunda kelishuv bo‘yicha faqat EA7 dizaynidan foydalanishadi. Qisqasi, katta brendlar Italiyada faqat yirik klublar bilan ishlaydi, albatta, yaxshi pul va individual dizayn evaziga: Adidas («Yuventus» va «Roma»), Nike («Inter»), Puma («Milan»). Hozir Italiya bozorida Kappa xuddi Adidas va Joma kabi 3tadan klubga ega. Italiya kompaniyasi yakka peshqadamga ham aylanardi agar «Venesiya»ni yo‘qotmaganida. Liganing eng modasevar klubi Nike va reper Dreyk hamkorligida yaratilgan Nocta bilan shartnoma tuzdi. Bu yangi brendning futbol bozoridagi debyutidir. Nocta o‘z yurishini «Venesiya» bilan boshlaganida ajablanadigan tomoni yo‘q: Dreyk o‘tgan mavsum zarur 40 mln. yevroni topib berib, klubni tanazzuldan qutqarib qolgandi.

----------------------------------------------------------------

Bundesliga (8ta brend): Puma ikki baravar ko‘paytirdi, «Bayer» esa Castore brendidan voz kechmoqchi. Germaniyada o‘tgan mavsum 3ta jamoaga homiylik qilgan Puma hamkorlari doirasini birdaniga ikki hissa kengaytirdi. Oddiy aytganda, Nike brendidan ketgan «RB Leypsig», shuningdek, Bundesligaga ko‘tarilgan «Sankt-Pauli» hamda «Xolshtayn» hisobiga Puma bayrog‘i ostidagi klublar soni 6taga yetdi. Raqobatchi - Adidas guruhida esa atigi 2ta hamkor bor, lekin «Bava­riya»ning o‘zi salmoqli tosh bosishi tayin. Yana poytaxtning «Union» jamoasi ham Adidas liboslarida o‘ynamoqda. Aytgancha, chempion «Ba­yer» Castore kompaniyasidan xursand emas. Leverkuzenliklarni shartnoma qiymati va futbolkalar sotuvidan tushayotgan daromad miqdori qoniqtirmayapti va ular boshqa guruh bilan manfaatliroq kelishuv tuzishga xayrixohlar. Hozirda New Balance asosiy da’vogardek ko‘rinmoqda, shuningdek, Adidas varianti ham yo‘q emas. Yaponiyaning Mizuno kompaniyasi top-5 ligada 3ta jamoaga «ega» bo‘lsa, shundan ikkisi Germaniyada - «Aug­sburg» va «Boxum».

Liga 1 (9ta brend): New Balance va Le Coq Sportif uchun yagona maydon... Fransiyada klublar katta uchlikka moyil - yetakchilik Nike va Puma qo‘lida, Adidas 1ta jamoa kamligi tufayli 3-o‘rinda. Lekin Liga 1 New Balance va mahalliy Le Coq Sportif brendlari uchun top-5da yagona bozor bo‘lib qolmoqda. Shvesiyaning Craft of Scandinavia («Tuluza» Nike bilan hamkorlikni ixtiyor etdi) va Germaniyaning Uhlsport («Klermon» Liga 1dan tushib ketdi) kompaniyalari aksincha, Fransiya chempionatidagi o‘rnini boy berdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 27.11.2024.
O'qildi: 462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.