"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoadoshi Kilian Mbappe duch kelayotgan omadsizliklar haqida fikr bildirdi.
Fransuz "Liverpul"ga qarshi o‘yinda (0:2) penaltidan foydalana olmadi.
- Bu bo‘lib turadi, lekin u o‘zining taniqli va mashhurligidan kelib chiqadigan bosimni ham his qiladi. Biz bu o‘yinda penaltidan boshqa vaziyatlarda ham xatolarga yo‘l qo‘ydik, raqibimiz shunchaki yaxshiroq o‘ynadi, - deya ingliz futbolchisi so‘zlarini keltiradi BBC Sport.