"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Xetafe"ga qarshi o‘yinda (2:0) Endrikni maydonga tushirmagani haqida gapirdi.
"Oxiriga ikki daqiqa qolganida men hech narsani o‘zgartirishni xohlamadim, chunki Mbappe oldinda juda xavfli edi, Braim Dias va Gyuler esa himoyada yordam berishdi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Endrik ushbu mavsumda "Real Madrid" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.