Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Sobiq hakam De Yongni maydondan chetlatilish kerak edi deb hisoblaydi

Sobiq hakam De Yongni maydondan chetlatilish kerak edi deb hisoblaydi

Baho:
+ | -

Frenki de Yong "Betis"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olishi kerak edi.

Bu fikrni sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales aytdi. “Barselona” “Betis” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

La Liganing 16-tur uchrashuvining 66-daqiqasida kataloniyaliklar darvozasiga penalti belgilandi - Frenki de Yong jarima maydonchasi ichida Vitor Rokeni yiqitdi.

Niderlandiyalik futbolchi sariq kartochka olgan bo‘lsa, "Barsa" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hakamning fikriga qo‘shilmagani uchun qizil kartochka oldi.

“U raqibning oyog‘ini qattiq bosganidan Rokening butsasi yechilib ketdi. Bu qizil kartochka edi. Bu gol urish uchun yaqqol imkoniyat edi”, - dedi Iturralde.

Uchrashuvni Alexandro Munis boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Kiritildi: 13:49, 08.12.2024.
O'qildi: 552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик