Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Flik: "Barselona" nimalarga qodir ekanligini "Real" va "Bavariya"ga qarshi o‘yinda ko‘rsatdi"

Flik: "Barselona" nimalarga qodir ekanligini "Real" va "Bavariya"ga qarshi o‘yinda ko‘rsatdi"

Baho:
+ | -

Xans-Diter Flik "Borussiya" bilan bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi.

"Barselona" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida Dortmund jamoasi bilan uchrashadi. O‘yin 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

"Biz ko‘p o‘yinlar o‘tkazdik, ularda o‘zimizning qadrimizni ko‘rsatdik. "Bavariya", "Real"... biz jiddiy sinovlarga tayyor ekanligimizni ko‘rsatdik.

Bu qiyin o‘yin bo‘ladi, lekin biz uni yengib o‘tamiz. Bu boshqa daraja va bizni biroz ko‘proq rag‘batlantiradi. Biz oldinga qadam tashlamoqchimiz.

Shaxin de Yongni kam baholangan futbolchi degani haqida:

"Men matbuot unga juda kam e’tibor qaratayotganiga ishonchim komil emas. Men uchun u juda muhim futbolchi. Bu mening fikrim. Men klubdan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealarni nazorat qila olmayman. Ammo shuni ayta olamanki, u professional va har doim borini beradi".

Levandovskiyga qaramlik haqida:

"Bizga Robert kerak, lekin unga ham jamoa kerak. Hech kim yolg‘iz g‘alaba qozona olmaydi. Ikkalasi ham bu munosabatlardan foyda ko‘radi. Unda ko‘p fazilatlar bor, lekin jamoada ham shunday. Bu juda muhim", - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.

Kiritildi: 23:16, 10.12.2024.
O'qildi: 1766 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик