Ispaniyalik himoyachi Jordi Alba "Inter Mayami" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Yangi kelishuv 2025 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.
MLSning o‘tgan mavsumida Alba 31 o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi va o‘nta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi turnirning ramziy terma jamoasidan joy oldi.