"Liverpul" himoyachisi va sardori Virjil van Deyk jurnalistlarning mersisaydliklar rahbariyati bilan yangi mehnat shartnomasi borasidagi muzokaralar haqidagi savollariga javob berdi.
"Hali hech qanday yangilik, yangilik yo‘q", - deydi niderlandiyalik futbolchi.
Van Deyk va "Liverpul" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi. Yanvar oyida himoyachi boshqa klublar bilan muzokaralarni boshlashi mumkin.