"Chelsi" g‘alabali seriyasini oltita o‘yinga yetkazdi.
Enso Mareski shogirdlari Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichining 5-turida safarda "Astana"ni mag‘lub etdi (3:1).
Shu tariqa, "Chelsi" joriy mavsumda ilk bor ketma-ket 6 uchrashuvda g‘alaba qozondi va italiyalik murabbiy qo‘l ostida ketma-ket 5 ta g‘alabaga erishdi. "Ko‘klar" esa 9 uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lishmayapti.













