"Milan" hujumchisi Temmi Abra’am jamoadagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.
"Menimcha, bu ruhiy muammo. Biz to‘g‘ri fikr yuritishni o‘rganishimiz va har bir o‘yinga xuddi oxirgi uchrashuvimizdek kirishishimiz kerak. Biz "Real"ga qarshi ajoyib o‘ynadik, ammo "Srvena Zvezda"ga qarshi o‘yin yomonroq bo‘ldi. Biz barcha o‘yinlarga bir xil yondashishimiz kerak", - dedi ingliz hujumchisi.













