Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Jahon rekordchisi Nazriyev «Barsa»ni ko‘zlamoqda

Jahon rekordchisi Nazriyev «Barsa»ni ko‘zlamoqda

Baho:
+ | -

Avstraliyalik Archi Tompson tomonidan o‘rnatilgan jahon rekordi naq 23 yil «yashadi».

U Okeaniya mintaqasidagi JCH-2002 saralash bosqichidan o‘rin olgan Amerika Samoasi termasiga qarshi o‘yinda 5-6 yoki 9-10ta emas, 13ta gol muallifiga aylangan edi. Xullas, Tompson uzoq vaqt terma jamoalar miqyosidagi 1ta o‘yinda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tilga olindi. Uning megamahsuldor o‘yini yordamida 31:0 hisobida g‘alaba qozongan Avstraliya termasi esa xalqaro futbol tarixida eng yirik natija qayd etgan jamoa bo‘lib kelayotgandi. Joriy yilga kelib, har ikki rekord o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.

***

Aslida zamonaviy futbolning izchil rivojlanishi natijasida o‘ta yirik hisobli g‘alabalar tobora kam uchraydigan hodisaga aylangani bor gap. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Archi Tompsonning rekordi 2025 yil taqvimiga kiritilgan U-17 toifasidagi Osiyo kubogi saralashida tojikistonlik o‘smir yigit - Muhammad Nazriyev tomonidan yangilanishi hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. E’tiborli tomoni, Tojikiston termasining saralash doirasidagi ilk o‘yini Nazriyevning tug‘ilgan ayyomiga to‘g‘ri keldi. Ya’ni yigitcha 23 oktyabr kuni 16 yoshga to‘ldi. Qarangki, Muhammad Nazriyev Guam termasiga qarshi bahsda 14ta gol urib, Tojikiston o‘smirlar termasining 33:0 hisobida g‘alaba qozonishida bosh rolni bajardi - tarixiy ahamiyatga ega megasensasion natija, shuning barobarida yosh iqtidor uchun bir umrlik unutilmas sovg‘a! Axir Nazriyev shu natijasi o‘laroq, jahon rekordini yangiladi. Shuningdek, tojiklar Avstraliya milliy jamoasi rekordini qulatishdi. Muhimi, yosh futbolchi bunday noodatiy natijadan eyforiyaga berilayotgani yo‘q. Har holda, Nazriyev FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida o‘z rekordi yuzasidan kamtarona fikr bildirdi: «To‘g‘risi, shu paytga qadar biror futbolchiga xalqaro rasmiy turnirlarning 1ta o‘yinida 14ta gol urish nasib etmagani xayolimga ham kelmagandi. Uzoq yillik rekordni yangilaganim haqidagi xabar tarqalgach, barcha do‘stlarim tabrik yo‘llay boshlashdi. Lekin shaxsan o‘zim buni g‘ayrioddiy hodisa sifatida qabul qilmadim. Qandaydir havolanib ketish ham yo‘q».

*** 

Tojikiston g‘arbidan oqib o‘tuvchi Kofarnixon daryosi bo‘yida, poytaxt - Dushanbedan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan Vahdat shahrida ulg‘aygan Nazriyev futbolga o‘z o‘lkasida qadam tashlagan. Tabiiyki, unda ham o‘z kumiri yo‘q emas: «8 yoshimdan o‘rtoqlarim bilan ko‘chada to‘p ortidan yugurish asnosida millionlar o‘yiniga oshno tutinganman. Bolalikda «Vahdat» klubi tizimida shug‘ullana boshladim. Keyinchalik mamlakatimizning yetakchi klublaridan biri «Istiqlol»dan taklif oldim. Ko‘rik muvaffaqiyatli o‘tdi va meni jamoaning o‘rinbosarlar safiga qabul qilishdi. Hozir ham shu jamoada o‘ynayapman. Jahon futboli yulduzlaridan Kilian Mbappega havasim baland. U - asosiy kumirim. Shuningdek, 7-raqamli futbolkada o‘ynashni yoqtiraman».

*** 

Muhammad Nazriyev o‘z ustida izchil ishlashda davom etsa, iste’dodini yanada takomillashtirsa, yaqin kelajakda Yevropa klublari skautlari e’tiborini tortishi hech gap emas. To‘g‘ri, yigitcha ayni payt bu haqda o‘ylayotgani yo‘q. Uning bor e’tibori Tojikiston U-17 terma jamoasi bilan Osiyo kubogida munosib qatnashishga qaratilgan. Qahramonimiz bu haqda alohida to‘xtaldi: «Hozirda kelasi yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final raundiga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Chunonchi, guruh bosqichidan muvafaqqiyatli o‘tib, chorak finalga yo‘l olgan 8ta jamoaga 2025 yili Qatarda bo‘ladigan kichik JCH yo‘llanmasi beriladi. Xullas, oldimizda turgan vazifa tayin - kelasi yili U-17 toifasidagi mundialga chiqishimiz kerak. Shu marra sari Osiyo kubogiga qattiq hozirlik ko‘ryapmiz».

*** 

Endigina katta futbol bo‘sag‘asida turgan bo‘lsada, sermahsul o‘yini bilan o‘z nomini tarix zarvaraqlariga muhrlagan yosh iqtidor egasi suhbat yakunida kelajakda bundanda yuksak marralarni ko‘zlayotganini yashirgani yo‘q: «Orzular haqida gapirsam, vaqti kelib, Tojikiston milliy jamoasi safida xalqaro maydonda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishni istayman. Klub futbolidagi faoliyatga kelsak, «Barselona»da o‘ynash niya­tim bor. Bolaligimdan shu jamoaga muxlislik qilaman va «Kamp Nou»da maydonga tushish asl orzum sanaladi. Umidvormanki, kun kelib, bu haqiqatga aylanadi».

 X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:48, 15.12.2024.
O'qildi: 1590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.