Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Braziliya terma jamoasi va «Inter» sobiq hujumchisi Adriano xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi

Braziliya terma jamoasi va «Inter» sobiq hujumchisi Adriano xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi va Braziliya terma jamoasi mashhur sobiq hujumchisi Adriano «Marakana» stadionida o‘z xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi.  

42 yoshli hujumchi o‘yinning har bir bo‘limida «Flamengo» afsonalari va Italiya do‘stlari jamoalari safida ishtirok etib, har bir jamoa uchun bittadan gol urdi. O‘yin 4:3 hisobida «Flamengo» afsonalari g‘alabasi bilan yakunlandi.  

Uchrashuvning 30-daqiqasida o‘yin to‘xtatildi, va stadion ekranida Adrianoning 2004 yilda vafot etgan marhum otasining surati namoyish etildi. Adrianoning otasi ovozi sun’iy ong yordamida qayta tiklanib, futbolchiga yo‘llangan xabar ustida ishlangan. Bu tadbir Adrianoni chuqur his-tuyg‘ularga berilib, ko‘z yoshlarini to‘kishiga sabab bo‘ldi.  

Adriano 2016 yili futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Xayrlashuv o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirib, u shunday dedi:  

«Ko‘pchilik mendan xayrlashishimni so‘rardi. Men bir necha yil avval o‘ynashni to‘xtatgan bo‘lsam ham, bu o‘yin mening hayotim davrini yakunlash uchun zarur edi. Meni qo‘llab-quvvatlagan va hozirgacha yonimda bo‘lgan barchaga majburiyatimni ado etishni istadim».

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 20:48, 16.12.2024.
O'qildi: 1125 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.