Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Zoran Marushich: «Muxlislar bilan hamjihatlik bo‘lsak, hamma narsaga erisha olamiz!»

Zoran Marushich: «Muxlislar bilan hamjihatlik bo‘lsak, hamma narsaga erisha olamiz!»

Baho:
+ | -

«Nasaf»dan «Neftchi» safiga o‘tgan serbiyalik futbolchi Zoran Marushich farg‘onaliklar matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Neftchi» O‘zbekistonning eng taniqli klublaridan biri sifatida boy tarixga, mustahkam an’analarga, sodiq muxlislar armiyasiga ega jamoa hisoblanadi. Bu klubga o‘tishimga uning menga samimiy qiziqishi va ambisiyalari sabab bo‘ldi.

Ishonchim komilki, yangi mavsum biz uchun muhim sinov va yuksalish davri bo‘ladi. Farg‘ona futboli haqli ravishda turnir jadvalida birinchi o‘rinda turishi kerak va buni isbotlash uchun hamma ishni qilamiz.

Muxlislarimizga murojaat qilmoqchiman. Stadionga albatta keling, har bir uchrashuvda bizni qo‘llab-quvvatlang. Sizning madadingiz biz uchun nihoyatda muhim. Birgalikda hamjihat bo‘lib, biz hamma narsaga erisha olamiz!", — dedi Marushich.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 22:12, 16.12.2024.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик