Italiyalik mashhur insayder Fabrisio Romano «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordning kelajagi haqida ma’lumot berdi.
«Markus Reshford Ispaniya ligasida to‘p surishni xohlamoqda. Angliyalik hujumchi ketma ket 2 o‘yindan buyon «Man Yunayted» qaydnomasiga kiritilmadi va uning o‘zi ham o‘z intervyularida klubdan ketishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi», - deb yozdi Romano.
Avvalroq, «Barselona» de Yongni Reshfordga almashishi mumkinligi haqida ma’lumotlar chiqqan edi.