Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

«Metallurg» jamoasining 2025 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazmasligi aniq bo‘ldi

«Metallurg» jamoasining 2025 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazmasligi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Avvalroq Liga «Metallurg» PFK MCHJ ustav kapitaliga 100 foiz ulush egalik qiluvchi "O‘zmetkombinat" AJga murojaat qilib, 24-dekabr sanasiga qadar klubning Superligadagigi kelajak taqdiriga oydinlik kiritishni so‘ragan edi.  

Kecha, 20-dekabr kuni "O‘zmetkombinat" AJ Liga so‘roviga javob qaytardi va «Metallurg» klubining Superligada ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Javob xatida tashkilotning klubga homiylik mablag‘i ajratishni to‘xtatgani va buning sabablari batafsil tushuntirilgan.  

«Metallurg» klubining Superligadagigi o‘rnini egallash jarayoni qanday ketma-ketlikda bo‘lishi avvalroq ma’lum qilingan edi. Mana shu yo‘nalish asosida klublarga qaror qabul qilish uchun ma’lum vaqt beriladi va ularning qarori ham Liga tomonidan rasman e’lon qilinadi.  

Mazkur mavzuning davomi Liga hamda Assosiasiya o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng rasmiy saytimizda e’lon qilinadi. 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:13, 21.12.2024.
O'qildi: 1170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.