Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Xoland: "Nima uchun gol ura olmayotganimni tahlil qilaman"

Xoland: "Nima uchun gol ura olmayotganimni tahlil qilaman"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland APL doirasida "Aston Villa"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) fikr bildirdi.

“Albatta, biz xafamiz. Biz yetarlicha ish qilmadik. O‘z navbatida, men ham yetarlicha ish qilmadim. “Aston Villa”da yaxshi futbolchilar bor va bu yerda o‘ynash qiyin, ammo biz “Manchester Siti”miz va biz g‘alaba qozonishimiz kerak.

Endi men o‘z o‘yinimga qarayman va hamma narsani yetarlicha bajarmayotganimni, gol ura olmayotganimni tahlil qilaman.

Men o‘z o‘yinimni yaxshilashim kerak. Albatta, bizning ishonch darajamiz eng yuqori emas. Ishonch qanchalik muhimligini bilamiz va u hammaga qanday ta’sir qilishini ko‘ramiz.

Bu to‘g‘ri, lekin biz qiyin paytlarda ham ishlashda davom etishimiz va ijobiy bo‘lishimiz kerak”, - dedi Xoland.

Kiritildi: 08:39, 22.12.2024.
O'qildi: 784 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик