"Barselona"ning sobiq himoyachisi, "Al-Hilol"da to‘p tepayotgan Joau Kanselu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi suratini joylashtirdi.
Suratda 30 yoshli portugaliyalik o‘tgan mavsumni ijara asosida o‘tkazgan "ko‘k-anorranglilar" bilan birga namoyon bo‘lgan.
Qayd etilishicha, «Barselona» yozda Kanseluning ijara muddatini uzaytirmoqchi, ammo «Manchester Siti» bilan kelishuvga erisha olmagan.