Moskvaning SSKA klubi "River Pleyt"ning kolumbiyalik hujumchisi Migel Borxaga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Sebastyan Srurning ijtimoiy tarmoqlardan birida xabar berishicha, "qizil-ko‘klar" futbolchi uchun argentinaliklarga 4 million yevro to‘lashga tayyor, agar futbolchi Rossiyaga o‘tsa, foydali shartnomaga ega bo‘ladi.
Joriy mavsumda Borxa Argentina chempionatida klub safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.