Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

O‘zbekiston futzal federasiyasi rasman faoliyat boshlashiga sanoqli soatlar qoldi

O‘zbekiston futzal federasiyasi rasman faoliyat boshlashiga sanoqli soatlar qoldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2017 yildan e’tiboran Liga futzal bo‘yicha Oliy liga, Birinchi liga, U18 chempionati, O‘zbekiston kubogi va Superkubogi musobaqalarini o‘tkazib keldi.

Boisi, aynan 2017 yilda O‘zbekiston futzal assosiasiyasi tugatilib, mazkur sport turi bo‘yicha javobgarlikni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi o‘z zimmasiga oldi, barcha ichki musobaqalarni o‘tkazish esa Liga chekiga tushdi.

2020 yildan keyin Liga futzal musobaqalarini isloh qilishga o‘tdi. Birinchi navbatda uning geografiyasi kengaytirildi. Oliy liga o‘yinlariga nafaqat Toshkent, balki Andijon, Farg‘ona, Olmaliq, Jizzax, Qarshi, Buxoro, Xorazm shaharlari mezbonlik qila boshladi. Shuningdek, Oliy liga Sport-TV hamda Liganing YouTube sahifalari orqali translyasiya qilina boshladi.

Bugun — 25 dekabr kuni O‘zbekiston futzal federasiyasi alohida tuzilma sifatida faoliyat boshlashi e’lon qilinadi. Bu qadam futzalni yangi bosqichga olib chiqish, terma jamoalar, klublar, ichki musobaqalar va futzalning boshqa sub’ektlarini bitta bayroq ostida birlashtirishda muhim sanaladi. Liga O‘zbekiston futbol assosiasiyasining mazkur qarorini qo‘llab-quvvatlaydi va ishonadiki, yangi yildan e’tiboran O‘zbekiston futzali yangi davrga qadam qo‘yadi.

O‘zbekiston futzal federasiyasini tashkil etish, uning rahbarlarini keng jamoatchilikka tanishtirish marosimi bugun Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:02, 25.12.2024.
O'qildi: 563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.