Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Belbog‘li kurash bo‘yicha polvonlarimiz xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Belbog‘li kurash bo‘yicha polvonlarimiz xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Baho:
+ | -

22-26 dekabr kunlari Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi Ufa shahrida belbog‘li kurash buyicha xalqaro turnir, erkaklar va ayollar o‘rtasida jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ikki musobaqada mamlakatimiz polvonlari ham terma jamoa bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov hamda yordamchi murabbiy Yusuf Barnoqulovlar boshchiligida to‘liq tarkib bilan ishtirok etishdi.

Yigirmadan ortiq davlatdan kelgan eng sara polvonlar ishtirokidagi ushbu jahon kubogi va xalqaro turnirda vakillarimizning qo‘lga kiritgan natijalari tahsinga sazovor bo‘ldi.

 Xususan, terma jamoamiz a’zolaridan Abultolib Mahkamov, Mamarajab Rahmatov, Zaylobiddin Ortiqov, Manzuraoy Mo‘ydinova, Og‘abek Amatboyev, Samandar Egamerdiyev, Navro‘z Mamayusupov, Yodgor Almazov, Shoxrux Qurbonmurodov, Azim Norqulov, Behruz Abdurahmonov, Yunus Sunnatov, Sarvar Ikromov hamda Nuraziz Ilhomedinovlar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shuningdek, jahon kubogining so‘nggi kunida terma jamoalar o‘rtasidagi aralash miks bahslari ham bilib o‘tdi. Mazkur jamoaviy bellashuvlarda terma jamoamiz uchinchi o‘rinni band etib, bronza medallariga egalik qilishdi.

Shu tariqa savrindorlar qatoridan joy olishga erishgan polvonlarimiz shoda-shoda medallar bilan yurtimizga qaytib kelishdi va ular tantanali kutib olindi, jumladan, terma jamoamiz tarkibida ishtirok etgan Navoiy viloyati sportchilari ham Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida, shahar hokimligi, viloyat sport boshqarmasi, sport-ta’lim muassasalari vakillari hamda sportchilarning yaqinlari tomonidan munosib kutib olindi.

Kiritildi: 20:49, 28.12.2024.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.