"Milan" maslahatchisi Zlatan Ibrahimovich Serjiu Konseysauning bosh murabbiy lavozimiga tayinlanishi haqida gapirdi.
"Uning tasavvuri aniq: u kelishi bilanoq jamoani ishlashga majbur qildi. Endi bizning vazifamiz - uni barcha zarur narsalar bilan ta’minlash," - deya Ibragimovichning so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.
Eslatib o‘tamiz, Konseysau "Milan" klubi bosh murabbiyi lavozimida Paulu Fonseka o‘rnini egallagan edi.