"Andijon" jamoasi yangi mavsum uchun tayyorgarligini 3 yanvardan boshlaydi. Shu kuni futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
5 yanvarda jamoa Tojikistonga jo‘nab ketadi va u yerda 17 yanvarga qadar qishki tayyorgarlikning birinchi bosqichini o‘tkazadi. Aytish mumkinki, Tojikistondagi yig‘in mobaynida bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qishki tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi esa Turkiyaning Antaliya shahrida olib boriladi.