Sesk Fabregas boshchiligidagi Italiyaning "Komo" klubi "Lion"ning 36 yoshli yarim himoyachisi Nemanya Matichni sotib olmoqchi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.
Manbaga ko‘ra, agar iqtisodiy sharoitlar kelishuv tuzish uchun mos bo‘lsa, Matich Italiyaga ko‘chib o‘tishni ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Matich va Fabregas Londonning “Chelsi” klubida birga o‘ynashgan.