Italiyaning "Udineze" klubi hozirda erkin agent bo‘lib turgan norvegiyalik darvozabon Egil Servik bilan shartnoma imzolaydi, deya xabar berdi Fabrisio Romano.
27 yoshli golkiper udineliklar bilan 3,5 yillik shartnoma imzolaydi. Bugun u tibbiy ko‘rikdan o‘tib shartnomaga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda.