Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Jayxun» 2025 yilgi mavsumni Proligada o‘tkazadi

«Jayxun» 2025 yilgi mavsumni Proligada o‘tkazadi

Baho:
+ | -

2023 yilgi mavsumdan buyon Liga qatnashchisi bo‘lib kelayotgan «Jayxun» Proligada kurash olib boradi.

Klub 2023 yilni birinchilikda 9-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, 2024 yilga kelib G‘arbiy mintaqada "Nasaf farm" jamoasidan keyin ikkinchi bo‘ldi va Toshkent mezbonlik qilgan pley-off bosqichida ishtirok etdi. O‘tgan ikki mavsum davomida «Jayxun» moliyaviy holati bo‘yicha muammolar kuzatilmadi.

Kuni kecha Liga rahbariyati hamda Qoraqalpog‘iston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda "Aral" klubining holati, "Turon" stadionida davom etayotgan ishlar va uning Superliga uchrashuvlarini qabul qilish uchun qachon tayyor bo‘lishi, 2024 yilgi mavsum Birinchi ligada debyut qilgan Aral akademiya rejalari va albatta «Jayxun» masalasida suhbat bordi.

Avvalroq ham har ikki tomon «Jayxun»ning Proligada ishtirok etishi masalasini muhokama qilgan bo‘lib, unda Liga bu bo‘yicha o‘z talablarini bildirgandi. Jumladan, klub tashkil topganiga ikki yildan oshganidan kelib chiqib, Liga uni OFK lisenziyalashiga jalb qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, «Jayxun» O‘FA tomonidan tasdiqlab berilgan yo‘riqnoma asosida o‘z futbolchilari bilan mehnat shartnomasi tuzishda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki barobari nisbati o‘lchoviga rioya qilishi kerak. Qo‘shimchasiga, 2025 yilda «Jayxun» futbol maktabi vujudga kelishi lozim.

Mazkur talablar hududiy assosiasiya hamda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan muhokama qilingan bo‘lib, Kenges «Jayxun»’ning Proligada ishtiroki etishi bo‘yicha xarajatlar smetasini tasdiqlagan. Shuningdek, «Jayxun» shartnoma asosida Respublika sport o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bilan hamkorlik qiladi. Ya’ni, mazkur maktab futbolchilari «Jayxun» tarbiyalanuvchilari sifatida Liga ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Liga Qoraqalpog‘iston futboli so‘nggi uch mavsum davomida aniq reja va prinsiplar asosida faoliyat olib borayotganini qayd etadi. Ishonamizki, bosqichma-bosqich qo‘yilayotgan mazkur qadamlar yaqin yillar ichida respublika futbolini yangi darajaga olib chiqadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:45, 10.01.2025.
O'qildi: 1482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик