"Liverpul"ning Angliya kubogi 3-bosqichi doirasida "Akkrington"ga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibidan 16 yoshli hujumchi Rio Ngumoxa o‘rin olgan edi.
Forvard mersisaydliklar tarixidagi eng yosh asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Futbolchi hozirda 16 yoshu 135 kunlik. Avvalgi rekord yarim himoyachi Trey Nioniga tegishli edi (16 yoshu 243 kun).
Ngumoxa 16 yoshga to‘lgan kunida "Chelsi"dan "Liverpul" safiga kelib qo‘shildi va bu London klubida norozilikka sabab bo‘ldi.













