Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kvarasxeliya "PSJ" bilan kelishib oldi

Kvarasxeliya "PSJ" bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

Xvicha Kvarasxeliya "PSJ" bilan shartnoma imzolaydi.

Bugun "Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte gruziyalik vingerni sotishni so‘raganini ma’lum qildi.

Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Parij klubi allaqachon Kvarasxeliya bilan 5 yillik shartnomaning barcha tafsilotlarini kelishib olgan. Futbolchining maoshi hozirgisidan 4-5 barobar ko‘p bo‘ladi (soliqlardan keyin 1,6 million yevro).

"PSJ" va "Napoli" muzokaralarni davom ettirmoqda. Keyingi hafta yangi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

A Seriyaning joriy mavsumida Xvicha 17 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:55, 11.01.2025.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик