Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Anchelottining fojiasi: «Real» nima uchun «Barsa»ga yirik hisobda yutqazdi?

Anchelottining fojiasi: «Real» nima uchun «Barsa»ga yirik hisobda yutqazdi?

Baho:
+-2 | -

Ispaniya superkubogi final bahsida «Barselona»ning «Real» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limda Xansi Flik jamoasi uchta gol farqida oldinga chiqdi, ikkinchi bo‘limda esa jamoalar bir martadan gol urgach, "ko‘k-anorranglilar" o‘n kishi bo‘lib himoyalanib, ustunlikni saqlab qoldi.  

Anchelottining xatolari  

«Real»ning fojiasi Karlo Anchelottining taktik yechimlari (aniqrog‘i, ularning yo‘qligi) bilan bevosita bog‘liq. U hujumkor yulduzlarning o‘yinini muvozanatlashtirmadi. «Barsa» esa bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasdan, raqibning 6-7 nafar himoyachilarini parchalab tashladi.  

Anchelotti yarim finalda «Malyorka»ga qarshi o‘ynagan tarkibni takrorladi. Himoyada jarohatlar tufayli nomutanosib Lukas Vaskes va Orelyen Tchuameni maydonga tushirildi. Markazda esa Fede Valverde bilan birga Eduardo Kamavinga o‘ynadi.  

«Barsa» tarkibi ham yarim finaldagidek bo‘ldi. Darvozada Inyaki Penya o‘rniga Voychex Shchensni o‘ynadi. Shchensni a’lo darajada harakat qildi va yana bir bor ishonch qozondi.  

Raqibga boqmasdan o‘yin o‘tkazish  

Ikki jamoa ham raqibni hisobga olmasdan o‘z o‘yin rejimiga suyanishiga qaror qildi. Ammo «Barsa»ning o‘yin uslubi muvozanatli bo‘lgan bo‘lsa, «Real»ning rejasi individual mahoratga asoslangan va ushbu qaror jiddiy adaptasiyani talab qilardi.  

Anchelotti ushbu o‘yinni eksperiment sifatida ko‘rganga o‘xshaydi, lekin bu qaror «Barsa» kabi kuchli raqibga qarshi fojiaga olib keldi.  

Himoya va pressingdagi muammolar  

«Real» himoyasi tartibsiz ko‘rinishga ega bo‘ldi. Hujumkor to‘rtlik – Mbappe, Vinisius, Rodrigo va Bellingem himoyada deyarli harakat qilmadi. Bu esa jamoaning qanotlarda zaif bo‘lishiga olib keldi. «Barsa» bunday muammolardan foydalanib, uzun to‘p uzatishlar va tezkor hujumlar bilan raqibni jazoladi.

Pressingda ham jamoa nomutanosib ko‘rinishda edi. «Barsa»ning birinchi goli aynan shunday noto‘g‘ri harakatlar natijasida kiritildi.

Individual mahoratning ustunligi

Klasikoda individual mahorat alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Mbappe, Lamin Yamal va Rafinya kabi o‘yinchilarning harakatlari gollarga sabab bo‘ldi. Har bir golda jamoa muammolari sezilgan bo‘lsa-da, ularning yakunida individual harakatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Xulosa  

«Real»ning ushbu o‘yindagi strategiyasi katta savollarga sabab bo‘ldi. Karlo Anchelottining raqibni hisobga olmasdan o‘ynashga bo‘lgan qarorini fojia sifatida baholash mumkin. Uning yulduzlardan himoyada faol ishtirok etishni talab qilmasligi jamoaning umumiy o‘yiniga jiddiy zarar yetkazdi.  

Ehtimol, bu uslub shov-shuvli g‘alabalarga olib kelishi mumkin. Ammo uning katta muvaffaqiyatga olib kelish ehtimoli kam. Anchelotti bu muammolarni tan olib, keyingi o‘yinlarda ularni hal qilish yo‘lini topishi zarur. 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:53, 13.01.2025.
O'qildi: 5579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.