Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Fernandesh: "Ronaldu JCH-2026dan keyin ham terma jamoada qoladi"

Fernandesh: "Ronaldu JCH-2026dan keyin ham terma jamoada qoladi"

Baho:
+ | -

Brunu Fernandeshning fikricha, Krishtianu Ronaldu JCH-2026dan keyin terma jamoada qoladi.

"Men nafaqat ishonaman, balki bu sodir bo‘lishiga deyarli ishonchim komil. Agar Krishtianu Ronaldu terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘alaba qozonish orzusiga erisha olsa - bu nafaqat o‘zi, balki barchamiz portugaliyaliklar uchun ajoyib bo‘lardi. Biz haqiqatan ham mamlakatimizga sovrin olib kelishni xohlaymiz. Uning uchun futbolimizdagi asosiy figura sifatida bu faoliyatidagi eng yaxshi yakun bo‘lardi.

Agar u jahon chempionligini qo‘lga kiritgan taqdirda ham, u to‘xtashni xohlaydimi yoki biroz vaqt qolishni xohlaydimi, bilmayman. Har doim yaxshilanadigan va o‘rganadigan narsa bor. Ko‘rib turibsizki, Krishtianu har yili ko‘proq narsani xohlaydi, yaxshiroq bo‘lishni xohlaydi. Hali ham shubha qiladiganlar uchun u ko‘proq va ko‘proq qiladi. Biz uchun asosiysi jahon chempionatiga chiqish va g‘alaba qozonish. Bu Krishtianu Ronalduni va vatanimizni sevadigan barchamizning orzusi.

Krishtianu uchun ikkita eng muhim sovrin - Yevro va Jahon chempionatini qo‘lga kiritgan holda terma jamoadagi faoliyatini yakunlash katta yutuq bo‘lardi. Portugaliya bunga hech qachon erisha olmagan. Agar Portugaliya jahon chempionatida g‘alaba qozonsa, uni faqat bir kun emas, balki butun bir hafta nishonlagan bo‘lardi" - dedi Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 21:53, 14.01.2025.
O'qildi: 1455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик