“Chelsi”ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer yana bir gol urdi.
22 yoshli futbolchi APL doirasida davom etayotgan “Bornmut”ga qarshi o‘yinning 13-daqiqasida gol urdi.
Joriy mavsum APLda Palmer hisobida 14 gol va 6 golli uzatma bor. Squawka xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi Eden Azardan keyin Premyer-liganing ketma-ket ikki mavsumida 20 ta golda qatnashgan birinchi "Chelsi" futbolchisiga aylandi.
Belgiyalik buni ketma-ket uchta mavsumda (2012/13 dan 2014/15 gacha) amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgandi.













