Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Abduqodir Husanov: «Bunyodkor»da o‘ynash orzum edi. Ular asosiy jamoaga tortmaydi, deb U-18 ga jo‘natvorishdi»

Abduqodir Husanov: «Bunyodkor»da o‘ynash orzum edi. Ular asosiy jamoaga tortmaydi, deb U-18 ga jo‘natvorishdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning orzusi “Bunyodkor”da o‘ynash bo‘lgan, ammo murabbiylar “asosiy jamoaga tortmaydi”, deb “dublyor”ga jo‘natib yuborishgan. Bu haqda u “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Klubda markaziy himoyachilar jarohat olganda, "dublyor"ga chaqirishdi. Ko‘proq o‘ynaganimda, asosiy jamoaga qo‘shilishim mumkin edi. 16 yoshimdan “Bunyodkor” asosiy tarkibidan joy olishni orzu qilardim. Ammo ular meni bizga tortmaydi deb U-18 jamoasiga jo‘natib yuborishgan. Keyin Belarusga ketdim", dedi “Manchester Siti” klubiga o‘tishi kutilayotgan Abduqodir Husanov.

Suhbat davomida futbolchi yoshligidan futbolchi bo‘lishni orzu qilgani, otasining e’tibori haqida to‘xtaldi.

“Dadam futbolchi. Oilamizdan ko‘pchilik futbol to‘garagiga borgani uchun men ham 5 yoshimdan futbol bilan shug‘ullanishni boshlaganman. Dadam aralashmayman, degani uchun 7 yoshimda “Bunyodkor”ga amakim olib borgan. Har xil gap bo‘lmasin degan. Dadamlarning o‘yini yoqqani uchun himoyada o‘ynashni xohlaganman.

Dadam kam maqtaydi. Xatolarimni to‘g‘rilashga harakat qiladi”, deya qo‘shimcha qildi himoyachi.

O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Lans” klubi futbolchisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolashga kelishib olgani haqida xabar berilgan edi. Transfer summasi — 40 million yevro.

Ma’lumot uchun, “Lans” Husanovni 2023 yil iyul oyida “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi.

Husanov Fransiya klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli uzatma amalga oshirdi. Uning fransuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 12 million yevroga baholangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:26, 18.01.2025.
O'qildi: 5134 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик