O‘tgan mavsumda Malayziyaning "Kedah Darul Oman" jamoasida to‘p surgan Suhrob Nurulloyev «Nasaf»ga qaytdi.
2021-2023 yillarda «Nasaf» sharafini himoya qilgan, klub tarkibida 3 marta O‘zbekiston Kubogi va bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan Suhrobulloyev "ajdarlar" bilan bir yillik shartnoma tuzdi.
«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati