Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Devisning "Bavariya" bilan muzokaralari hal qiluvchi bosqichda

Devisning "Bavariya" bilan muzokaralari hal qiluvchi bosqichda

Baho:
+ | -

Alfonso Devis "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

Klub kanadalik himoyachi bilan muzokaralar yakuniy bosqichda deb hisoblamoqda.

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar avval xabar qilinganidek 2029 yilgacha emas, 2030 yilgacha shartnoma imzolash imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bunday kelishuv Myunxen jamoasiga o‘z xarajatlarini to‘rt yil emas, balki besh yilga taqsimlash imkonini beradi. Futbolchining maoshi yiliga 15 million yevro bo‘lishi kutilmoqda.

Bu masalada hal qiluvchi omil Devisning "Bavariya" bilan hamkorlikni davom ettirish istagi.

Devis Bundesliganing joriy mavsumida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 07:33, 21.01.2025.
O'qildi: 913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик