Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Bekxem: "Mening qizim ham akalari kabi imkoniyatlarga ega bo‘lishini istayman"

Bekxem: "Mening qizim ham akalari kabi imkoniyatlarga ega bo‘lishini istayman"

Baho:
+ | -

Devid Bekxem Jahon iqtisodiy forumida qizlar huquqlari haqida gapirdi.

"Real Madrid", "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi dushanba kuni Davosda (Shveysariya) Butunjahon iqtisodiy forumida "eng zaif bolalar huquqlarini" himoya qilishda "ajoyib yetakchilik va insonparvarlik faoliyati" uchun Crystal Award mukofotini oldi.

"Bugun dunyoda muhtoj va xavf ostida bo‘lgan bolalar zamonaviy tarixdagidan ko‘ra ko‘proq. Va har doim eng zaif bolalar eng katta qiyinchiliklarga duch kelishadi - ayniqsa qizlar. Qizlar qashshoqlikka, qizlar zo‘ravonlikka va qizlar kamsitishga uchraydi.

Uch o‘g‘il va bir go‘zal qizning otasi bo‘lganimdan baxtiyorman. Men qizim Xarper akalari kabi imkoniyatlarga ega bo‘lishini istayman va bu barcha qizlar uchun norma bo‘lishi kerak.

Siz qiz bo‘lganingiz uchun nima qila olishingiz, qayerga borishingiz va kim bo‘lishingiz mumkinligini aniqlamasligingiz kerak. Agar biz ularning salohiyatini ochib, rivojlanishini qo‘llab-quvvatlasak, bu qanday ajoyib istiqbol bo‘lishi mumkin.

Ammo qizlarga so‘zlardan ko‘proq narsa kerak. Ularga imkoniyatlar, jamoaviy harakatlar va sarmoya kerak" - dedi Bekxem.

Kiritildi: 23:11, 21.01.2025.
O'qildi: 1319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик