"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh kelajagi haqida hali hech narsa bilmasligini tan oldi. Misrlik futbolchi mersisaydliklardan yangi shartnoma olish-olmasligiga ishonchi komil emasligini aytdi.
"Liverpul" menga yangi shartnoma taklif qiladimi? Ishonchim komil emas... Lekin buning uchun qo‘limdan kelganini qilaman”, - dedi Saloh.
Muhammadning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.