"Barselona" Ronald Arauxo bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Urugvaylik himoyachining klub bilan tuzgan yangi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
Arauxo 2018 yilda "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shilgan. Kataloniya jamoasi tarkibida u barcha turnirlarda 155 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan.














