Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

"Andijon" o‘z safiga uch nafar yangi futbolchini qo‘shib oldi

"Andijon" o‘z safiga uch nafar yangi futbolchini qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

"Andijon" yangi mavsum uchun tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Bu safar birdaniga uch nafar futbolchi bilan shartnomalar imzolandi.

O‘tgan yilning ikkinchi yarmida "Dinamo" klubidan ijaraga kelgan yarim himoyachi Damir Temirov mavsum yakunlangach, yana o‘z jamoasiga qaytgandi. O‘zaro olib borilgan muzokaralardan so‘ng 26 yoshli Temirov to‘laqonli ravishda "Andijon" a’zosiga aylandi va yangi mavsumda jamoa safida o‘tkazadi.

Damir o‘tgan yili "Andijon" libosida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta golli pasni amalga oshirdi.

Shuningdek, “Andijon” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, professional faoliyatini 2018 yilda Andijonda boshlab, 2021 yilgacha o‘ynagan hamda 2022 yildan faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettirgan iqtidorli himoyachi Usmonali Ismonaliyev yana qadrdon klubiga qaytdi.

Ismonaliyev oxirgi uch yilni "Bunyodkor"da o‘tkazib, u yerda hammasi bo‘lib, 82 ta uchrashuvda maydonga tushgan holda raqiblar darvozasiga 16 ta gol urdi va 7 ta golli pasni uzatdi.

Usmonali yangi mavsumda yana "Andijon" sharafini himoya qiladi.

Shu bilan birga jamoa safiga Osiyo chempioni – Abubakir Ashurov ham qo‘shildi. O‘zaro muzokaralar ijobiy yakun topgach, tomonlar hamkorlik borasida shartnoma imzoladilar.

2003 yilda tavallud topgan Ashurov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Oxirgi klubi Bekobodning “Metallurg” klubidir. Qolaversa, u “Turon”da ham to‘p surgan.

Abubakir 2023 yili O‘zbekiston U20 terma jamoasi safida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan hamda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

E’tiborlisi, uchala o‘yinchi bilan ikki yillik shartnomalar imzolandi.

"Jamoamizga qo‘shilgan futbolchilar yangi mavsumda o‘zlarini har tomonlama ko‘rsatishlariga ishonamiz!" - deyiladi "burgutlar"ning rasmiy bayonotida.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:06, 24.01.2025.
O'qildi: 2186 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.