Kirish Ro'yxatdan o'tish

La liga. Mbappe xet-trik qayd etgan o‘yinda «Real» yirik hisobda g‘alaba qozondi (videosharh)

La liga. Mbappe xet-trik qayd etgan o‘yinda «Real» yirik hisobda g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chemponatining 21-turi doirasida "Real" safarda «Valyadolid» klubi mehmoni bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda hujumchi Kilian Mbappe het-trik qayd etib, o‘yinning qahramoniga aylandi.

Uning birinchi goli 30-daqiqada Jud Bellingemning aniq pasidan so‘ng urildi. Ikkinchi golni 57-daqiqada kiritgan Mbappe, o‘yin so‘ngida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.  

Mazkur g‘alaba «Real» jamoasining La Ligadagi yetakchiligini yanada mustahkamladi, «Valyadolid» esa oxirgi o‘rinda qolmoqda. Anchelotti jamoasi o‘z ochkolarini 49 taga yetkazib, 2-o‘rindagi "Atletiko"dan 4 ochko oldinga o‘tib ketdi.

Ispaniya chemponati, 21-tur
Valyadolid – Real Madrid 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 30 Mbappe, 0:2 – 57 Mbappe, 0:3 – 90+1, penalti Mbappe.
Valyadolid – Xeyn, Lukas Roza, Torres, Sanches, Peres, Amalla, Martin, Anuar, Silla (Chuki, 86), Sanches (Kike Peres, 62), Markos Andre (Latasa, 79).
Real Madrid – Kurtua, Fran Garsiya, Ryudiger, Tchuameni, Asensio (Alaba, 68), Valverde (Aguado, 90+2), Sebalyos (Modrich, 68), Rodrigo (Gyuler, 73), Bellingem, Braim Dias, Mbappe (Endrik, 90+2).
Ogohlantirishlar: Martin (15), Amalla (45+2), Bellingem (45+2), Sebalyos (47), Mbappe (55).
Chetlatish: Martin (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:57, 26.01.2025.
O'qildi: 4192 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.