"Bavariya" Bundesligadagi g‘alabali seriyasini uzaytirdi.
Vensan Kompani shogirdlari 19-turda "Frayburg"ni mehmonda mag‘lub etishdi (2:1).
Bu myunxenliklar uchun dekabr o‘rtalarida "Mayns"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) qatorasiga chempionatdagi beshinchi g‘alabasi bo‘ldi.

"Bavariya" 48 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi turda jamoa o‘z maydonida "Xolshtayn Kil" bilan o‘ynaydi, o‘yin 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.













