Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Liverpul" Xatoning transferi uchun 30 million yevro sarflashi mumkin

"Liverpul" Xatoning transferi uchun 30 million yevro sarflashi mumkin

Baho:
+ | -

"Liverpul" yanvar oyidagi transfer oynasi yopilishidan oldin "Ayaks"ning 18 yoshli himoyachisi Yorrel Xatoni sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar dastlab niderlandiyalik futbolchini kelasi yozda sotib olishni rejalashtirgandi. Biroq, ular 33 yoshli himoyachi Virjil van Deykning klubdagi kelajagiga shubha bilan qarashganligi sababli o‘z fikrlarini o‘zgartirishdi. Qolaversa, "Real" va "Chelsi" ham Xatoga qiziqishni oshirgan. Ta’kidlanishicha, "Ayaks" 18 yoshli futbolchi uchun 30 million yevro miqdoridagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Joriy mavsumda Xato barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:05, 27.01.2025.
O'qildi: 1972 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик