"Brayton" hujumchisi Evan Fergyuson yaqin kunlarda jamoani tark etishi kutilmoqda. Futbolchiga Premyer-liga, Liga 1 va Bundesliga jamoalari qiziqish bildirmoqda. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.
Joriy mavsumda Fergyuson APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt 20 yoshli irlandiyalik futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.