Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Dahshatnamo «Liverpul»-2024

Dahshatnamo «Liverpul»-2024

Baho:
+ | -

Yurgen Kloppdan ayrilgan «Liverpul» 2024 yilni yuqori sur’atda yakunladi.

Bunda germaniyalik mutaxassis o‘rnini egallagan Arne Slotning xizmati katta, albatta. Niderlandiyalik murabbiy «qizillar» ansambliga rosa yaxshi tushdi yoxud klub uning falsafasiga mos keldi. Quyida «Liverpul» va 2024 yilni bog‘lab turuvchi 60ta fakt bilan tanishishingiz mumkin raqamlar asnosida (manba: sports.ru).

  1.  «Liverpul» 2024 yilni «Enfild»da ishonchli g‘alaba bilan boshladi. 1 yanvar kuni «Nyukasl» 4:2 hisobida dog‘da qoldirilgan edi.
  2.  «Liverpul» 2024 yil davomida barcha musobaqalar hisobidan 58ta o‘yinda ishtirok etdi.
  3.  O‘yinlarning 30tasi Yurgen Klopp davriga to‘g‘ri keldi.
  4. 4Arne Slot 2024 yili «qizillar»ni biroz kamroq - 28ta o‘yinda maydonga boshlab tushdi.
  5.  «Liverpul» yil davomida barcha musobaqalarda jami 144ta gol urdi.
  6.  Jamoa gollardan 76tasini Yurgen Klopp qo‘l ostida nishonladi.
  7. 7Arne Slot etakchilik qilgan 28ta o‘yinda raqiblar darvozasi 68 marta nishonga olindi.
  8.  «Liverpul yakunlangan yil 58ta gol qo‘yib yubordi. Klopp davrida 36ta va Slot qo‘l ostida 22ta.
  9.  «Liverpul» jami 20ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Klopp boshqaruvida 7ta va Slot rahbarligida 13ta «quruq» o‘yin.
  10.  Yilning eng sermahsul o‘yini dekabr oyida kuzatildi. Yaqindagina «Tottenxem»ga qarshi kechgan bahsda Slot jamoasi 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
  11.  «Liverpul» 2024 yil davomida biror marta golsiz durangga imzo chekmadi.
  12.  «Liverpul» yil taqvimidan joy olgan atigi 4ta o‘yinda gol quvonchini tuymadi.
  13.  «Liverpul» 2024 yili APL doirasidagi 37ta o‘yinda 85 ochko jamg‘ardi. Klopp statistikasi - 19ta o‘yinda 40 ochko va Slot statistikasi - 18ta o‘yinda 45 ochko.
  14.  «Liverpul»ning 2024 yildagi yagona sovrini - bu Angliya Liga kubogi. «Qizillar» finalda «Chelsi»ni birgina gol evaziga dog‘da qoldirishdi. O‘sha uchrashuv jamoa ko‘plab yosh futbolchilarga tayangani bilan yodda qoldi.
  15.  «Enfild»da 28ta o‘yin o‘tkazildi: 23ta g‘alaba, 2ta durang, 3ta mag‘lubiyat.
  16.  «Liverpul» safarda jami 30ta o‘yin o‘tkazdi: 21ta g‘alaba, 6ta durang va 3ta mag‘lubiyat.
  17.  21 sentyabr kuni APL doirasida «Born­mut»ga qarshi kechgan o‘yinga 60347 muxlis tushdi. Bu «Enfild» uchun 2024 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
  18. 18. Eng kam muxlis esa CHLdan o‘rin olgan «Real»ga qarshi o‘yinda kuzatildi - 58546 tomoshabin.
  19.  2024 yili APL doirasidagi uy o‘yinlariga o‘rtacha tashrif 60057 muxlisni tashkil qildi.
  20.  Jamoa 2024 yili APLdagi uy uchrashuvlarida jami 1074700 muxlis to‘pladi.
  21.  2024 yil oxirida «Liverpul» tarkibidagi futbolchilarning umumiy transfer qiymati  967,5 million yevroga baholandi.
  22. 22. 2024 yil yakuniga ko‘ra, Luis Dias tarkibdagi eng qimmatbaho futbolchi - 85 million yevro.
  23.  Tarkibdagi eng arzon futbolchi - darvozabon Xarvi Devis (500 ming yevro).
  24.  Yozgi bozor vaqti klubda nafaqat murabbiylar shtabi, balki rahbariyat ham o‘zgardi: Maykl Edvards ortga qaytdi va Richard Xyuz sport direktori lavozimini egalladi.
  25.  Yurgen Klopp mart oyida «Liverpul» boshqaruvida 1000ta gol marrasiga yetgan uchinchi bosh murabbiy bo‘ldi (Bill Shenkli va Tom Uotsondan keyin).
  26.  Klubning eng faxriy futbolchisi - Jo Gomes. U 2015 yildan buyon «qizillar» safida to‘p surmoqda.
  27.  Jo Gomes 2024 yili ham faoliyatidagi ilk golini nishonlagani yo‘q.
  28.  Mateush Musialovski «Liverpul»dagi debyutini mart oyida nishonladi. U Yurgen Klopp davrida bunday imkoniyatga ega bo‘lgan oxirgi futbolchidir. Aytgancha, polshalik yigit yozda erkin agent maqomida jamoadan ketdi.
  29.  Klopp davridagi oxirgi gol Jarell Kuansa hisobiga yozildi.
  30.  Arne Slot boshqaruvidagi 1-golga Dio­gu Jota mualliflik qildi.
  31.  Yil yakuniga ko‘ra, «Liverpul» futbolchilarining o‘rtacha yoshi 26,4ga teng. 
  32.  Virjil van Deyk - jamoaning eng yoshi katta futbolchisi. Niderlandiyalik himoyachi 8 iyul kuni 33 yoshini qarshiladi.
  33.  Trey Nyoni - «Liverpul»ning 2024 yildagi eng yosh futbolchisi. U debyut vaqti 16 yosh 7 oy 29 kunlik edi.
  34. 34. «Liverpul» 2024 yili 25ta «chiqish» transferini amalga oshirdi (ijara kelishuvlari bilan birga).
  35.  Eng foydali kelishuv - Sepp van den Berg uchun «Brentford»dan 23,6 million yevro olindi. Fabiu Karvalyu ham aynan shu klubga ketdi 23,4 million yevro evaziga.
  36.  «Qizillar» 2024 yili atigi 2 nafar yangi futbolchi olishdi.
  37.  Eng qimmatbaho xarid - Giorgi Mamardashvili. Gruziyalik darvozabon transferi uchun «Valensiya»ga 30 million yevro to‘landi.
  38.  Yozda «Liverpul» bilan shartnoma tuzgan Giorgi Mamardashvili 2024 yili Gruziyaning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
  39. 39. 2024 yili «Liverpul»ning ikki futbolchisi faoliyatini yakunladi. Mavsum-2023|2024 oxirida Tyago Alkantara va Joel Matip butsalarini mixga ilishdi.
  40. 40Jarell Kuansa - 2024 yili shartnomasi muddatini uzaytirgan yagona futbolchi (asosiy jamoada). U 7 oktyabr kuni yangi bitim ostiga imzo chekdi.
  41.  Jamoada 18 nafar legioner bor. Eng ko‘p vakil Niderlandiyadan - 3 nafar.
  42.  Trent Aleksander-Arnold 2024 yili APLda eng ko‘p xavfli vaziyat yaratgan himoya­chi bo‘ldi - 15ta.
  43.  Luis Dias - 2024 yili APLda 60tadan ortiq xavfli vaziyat yaratgan va 60 martadan ko‘p muvaffaqiyatli dribling ishlatgan yagona futbolchi.
  44. 44. 10 dekabr kuni «Jirona»ga qarshi kechgan CHL o‘yinida Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk va Robertson 656 kun badaliga ilk marta mudofaa uchun asosiy tarkibda birga maydonga tushishdi.
  45.  Arne Slot APL tarixida o‘zining deb­yut mavsumidayoq Rojdestvo arafasida jamoasini turnir jadvalida 1-o‘ringa olib chiqqan 4-murabbiy bo‘ldi.
  46.  Arne Slot 2024 yili 51ta o‘yin o‘tkazdi - «Feyenoord» boshqaruvida 24ta va «Liverpul» bilan 27ta. Niderlandiyalik mutaxassis shuncha uchrashuvning atigi 1tasida mag‘lubiyatga yo‘liqdi.
  47.  Klub Arne Slot boshchiligida 1ta o‘yinda o‘rtacha hisobda 2,67 ochko oldi.
  48.  Niderlandiyalik murabbiy eng ko‘p o‘yin vaqtini hamyurti Virjil van Deykka berdi. U joriy mavsum yangi yilga qadar 2100 daqiqa harakatlandi.
  49.  24 o‘yin - «Liverpul»ning barcha turnirlar doirasidagi mag‘lubiyatsiz odimi. Bu 1989 yili o‘rnatilgan klub rekordining takrorlanishidir.
  50.  «Liverpul» APL turnir jadvalida 1000 kun peshqadamlik qilgan 5-jamoa bo‘ldi.
  51. 51. Muhammad Saloh - APL tarixida bir mavsum hisobidan naq 8ta musobaqada ham gol urgan, ham assisttentlik qilgan birinchi futbolchi.
  52.  Muhammad Saloh dekabr oyida «Gol+pas» tizimi bo‘yicha 15 ochko to‘plab, Luis Suaresga tegishli klub rekordi (13 ochko)ni yangiladi.
  53.  Misrlik hujumchi 2024 yili jami 52ta golda qatnashdi. APL yo‘lga qo‘yilganidan buyon klubda atigi bir futbolchi yil davomida 50ta samarali harakat marrasiga yetgandi (2018 yili aynan Saloh). 
  54. 54. Muhammad Saloh - APL tarixida atigi 18ta o‘yinda 30ta samarali harakat to‘plagan birinchi futbolchi.
  55.  Saloh - «Liverpul»ning 2024 yildagi eng yaxshi to‘purari (29ta gol).
  56.  Saloh - «Liverpul»ning 2024 yildagi eng yaxshi assistenti (23ta samarali uzatma).
  57.  Kodi Gakpo yil davomida eng ko‘p o‘yin o‘tkazdi - 56ta. Keyingi o‘rinlar Aleksis MakAllister (53ta), Virjil van Deyk (53ta), Luis Dias (52ta) va Darvin Nunyes (50ta)ga tegishli.
  58. 58. Virjil van Deyk yil davomida APL doirasidagi 37ta o‘yinda maydonga tushdi - eng yuqori ko‘rsatkich.
  59.  Chempionatda jamoaning 8 nafar futbolchisi yil davomida 5ta samarali uzatma marrasiga yetdi: Saloh (16ta), Dias (6ta), Gakpo (6ta), MakAllister (6ta), Trent Aleksandr-Arnold (5ta), Elliott (5ta), Jota (5ta), Nunyes (5ta).
  60.  «Liverpul 2024 yilni «Vest Xem» ustidan qozonilgan chiroyli g‘alaba bilan yakunladi - 5:0.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:32, 28.01.2025.
O'qildi: 2251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.