Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy hujumchisi Viktor Bonifase faoliyatini "An-Nasr"da davom ettirishi kutilmoqda.
Riyodliklar 24 yoshli nigeriyalik futbolchi uchun "dorishunoslar" hisob raqamiga 55 million yevro o‘tkazishga tayyor.
Bonifasening Transfermarkt portalidagi bahosi 45 million yevro. U joriy mavsumda 15 ta o‘yinda 8 ta gol urib, 1 ta assist berdi.













