Kirish Ro'yxatdan o'tish

Martines: "Inter"ning Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purari bo‘lganimdan juda faxrlanaman"

Martines: "Inter"ning Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purari bo‘lganimdan juda faxrlanaman"

Baho:
+ | -

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines Chempionlar ligasida rekord o‘rnatganidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men bundan juda faxrlanaman. Bu o‘yindan oldin men hech narsa ko‘rmagan edim va bunday narsani kutmagandim. Lekin men juda xursandman, chunki men rekord o‘rnatdim.

Biz o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan edik, bizda bor yo‘g‘i ikki kun bor edi, ammo tayyorgarlik ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. Bugun g‘alaba qozonib, kuchli sakkizlikka kirishimiz muhim edi. Biz uchun pley-offda kimga qarshi o‘ynashimiz muhim emas. Biz har doim ajoyib jamoa ekanligimizni isbotlashimiz kerak", - dedi Martines.

Chempionlar ligasining 8-turida “Inter” o‘z maydonida “Monako”ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 10:36, 30.01.2025.
O'qildi: 839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик