"Santos" "Chelsi" bilan hujumchi Devid Vashingtonni iyun oyigacha ijaraga olish borasida kelishuvga erishdi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.
Klublar endi rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak.
Vashington "Santos" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u 2023 yilning avgustida 16 million yevro evaziga "Chelsi"ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.













