Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Shaxmat. Niderlandiyada bo‘lib o‘tayotgan nufuzli turnirda Nodirbek Abdusattorov mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda

Shaxmat. Niderlandiyada bo‘lib o‘tayotgan nufuzli turnirda Nodirbek Abdusattorov mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda

Baho:
+ | -

Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha an’anaviy Tata Steel Chess 2025 musobaqasi davom etmoqda. Musobaqada O‘zbekistonning 2 shaxmatchisi g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Kecha, 29 yanvar kuni o‘tkazilgan 10-turda Masters guruhi peshqadamlari safida borayotgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda o‘ynab serbiyalik Aleksey Saranani mag‘lub etdi. Shaxmatchi hozirgacha musobaqada mag‘lub bo‘lmagandi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Abdusattorov o‘z hisobidagi ochkolar sonini 7 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Hindistonlik Gukesh Dommaradju turnir jadvalining eng yuqorisida joylashgan. Amaldagi jahon chempioni qora donalarda harakat qilganiga qaramay, niderlandiyalik Maks Varmerdamdan ustun keldi. Gukesh 7,5 ochko bilan yakka karvonboshi bo‘lib turibdi. Yana bir hind grossmeysteri Rameshbabu Pragnanandha ham bu turda o‘zi uchun muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. U sloveniyalik Vladimir Fedoseevdan ustun kelib, 6,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

Masters guruhida mag‘lubiyatga uchramagan uch nafar shaxmatchi qoldi — Gukesh Dommaradju, Nodirbek Abdusattorov va Vey Li. Xitoylik grossmeysterning 1 g‘alaba, 9 ta durang qayd etdi. Gukesh hisobida 5 tadan g‘alaba va durang bor. Abdusattorov esa 4 g‘alaba va 6 durangga ega.



Challenger guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboyev (2659) 10-turda oq donalarda niderlandiyalik Benjamin Bok bilan murosaga keldi. Yakubboyev 3 g‘alaba, 4 durang va 3 mag‘lubiyat bilan 5 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 9-pog‘onadan joy olgan.

Chexiyalik Van Nguyen 7,5 ochko bilan Challenger guruhida karvonboshilik qilmoqda. Niderlandiyalik Ervin L’ami 7 ochko to‘plab, 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, ozarbayjonlik Aydin Suleymanli 6,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra kuchli uchlikka yakun yasagan. Benjamin Bok hisobida ham 6,5 ochko bor.

Ma’lumot uchun, musobaqa nizomiga ko‘ra, shaxmatchilar 13 ta turda dona suradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:00, 30.01.2025.
O'qildi: 1923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик