Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Roma” — “Napoli” bahsida Shomurodov qanday baholandi?

“Roma” — “Napoli” bahsida Shomurodov qanday baholandi?

Baho:
+ | -1

Italiya A Seriyasining 23-turida “Roma” va “Napoli” 2 fevral, yakshanba kuni bahs olib bordi.

Uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bahsning 29-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Spinazzola hisobni ochdi. 80-daqiqada Shomurodov o‘z o‘rnini Dibalaga bo‘shatib berdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning 2-sida Anxelino hisobni tenglashtirdi va jamoasi uchun qimmati bir ochkoga egalik qilish imkonini yaratdi.

Shomurodovning o‘yini Sofascore nashri tomonidan 6,6 ballga loyiq ko‘rildi. 80 daqiqa o‘ynagan futbolchi darvozaga aniq zarba bera olmagan bo‘lsa-da, raqiblarning hujumlarini qaytarishda jonbozlik ko‘rsatdi. Nashr uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida Skot Maktominini e’tirof etdi — 7,7 ball. “Roma” tarkibida gol muallifi Anxelino eng yuqori — 7,6 ballga loyiq ko‘rildi.



Ushbu durangdan so‘ng, rimliklar hisobidagi ochkolar soni 31 taga yetdi va ular 9-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam “Napoli” hisobidagi ochkolar 54 taga yetgan.

“Roma” keyingi uchrashuvni Italiya Kubogi doirasida “Milan”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

A Seriya. 23-tur
2 fevral, yakshanba
“Roma” — “Napoli” 1:1
Gollar: 0:1 — Spinassola (29), 1:1 — Anxelino (90+2).
“Roma”: Svilar, Anxelino, Ndika, Manchini, Rensx (Baldanzi, 80), Pizilli, Kristante (Dovbik, 64), Kone (Paredes, 56), El Shaaravi (Salemakers, 55), Shomurodov (Dibala, 80), Soule.
“Napoli”: Meret, Spinassola, Jezus, Rrahmani, Di Lorenso, Maktominey, Lobotka, Zambo-Angissa, Neres (Massokki, 76), Lukaku (Simeone, 81), Politano (Raspadori, 86).
Ogohlantirishlar: Politano (14), Kone (51), Pizilli (72).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:16, 03.02.2025.
O'qildi: 5701 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик