Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingemning o‘yini haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik megayulduz angliyalikning qobiliyatini yuqori baholadi.
"Bellingem? Uning oldida hali uzoq yo‘l bor. U menga Zidanni eslatadi. Zidan ajoyib edi, u chiroyli o‘ynardi. Bellingem 21 yoshda va uni hali uzoq karyera kutmoqda. Bu yigit yulduz bo‘ladi", dedi Ronaldu.













