Vinisius Junior mavsumdagi 11-sariq kartochkasini oldi.
"Real Madrid" vingeri "Leganes"ga qarshi o‘yinning 82-daqiqasida hakam bilan bahslashgani uchun ogohlantirildi.
Bu 24 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi barcha turnirlardagi 11-sariq kartochkasi bo‘ldi.
Madrid klubi "Leganes"ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, Ispaniya kubogi yarim finaliga chiqdi.













