"Inter" A Seriyada 18 uchrashuvda ilk bor mag‘lub bo‘ldi.
Simone Indzagi shogirdlari Italiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda "Fiorentina"ga imkoniyatni boy berishdi – 0:3.
Bu "neradzurrilar"ning "Milan"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan 22-sentabrdan keyin chempionatdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. O‘shandan beri "Inter" A seriyada 13 ta o‘yinda g‘alaba qozongan va 4 ta durang qayd etgan.
10 fevral kuni "Inter" yana "Fiorentina" bilan uchrashadi.














