Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Altin Kreziu: «Agentim «Andijon» varianti haqida gapirganida darhol «ha» deb javob berdim»

Altin Kreziu: «Agentim «Andijon» varianti haqida gapirganida darhol «ha» deb javob berdim»

Baho:
+ | -

«Andijon» bilan shartnoma imzolagan va «Burgutlar» oilasining yangi a’zosiga aylangan 23 yoshli legioner Altin Kreziu jamoaning Antaliyadagi yig‘iniga qo‘shildi.

Ushbu yarim himoyachidan muxlislarning ham umidi katta. Futbolchi esa klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.

— Altin, avvalo o‘zingiz haqingizda gapirib o‘tsangiz.

— Salom qadrli muxlislar! Men «Andijon» klubiga kelib qo‘shilganimdan juda ham xursandman. Bu jamoa o‘ziga xos ana’analarga va katta maqsadlarga ega klub hisoblanadi. Men Kosovodanman va yoshim 23 da. Yarim himoyachi sifatida to‘p suraman.

— Siz Italiyaning «Torino» klubida ham faoliyat olib borgansiz. Hammasi qanday yuz bergan?

— Ha, bu to‘g‘ri. Men «Spal»dan «Torino»ga ko‘chib o‘tganman. Bu Italiyadagi jamoalarim edi. U yerda uch yil davomida bo‘ldim. Yoshlar jamoasi bilan ancha yaxshi ishlayotgandim. Asosiy jamoa bilan ham shug‘ullanib turardim. Afsuski, A seriyada debyut qilish nasib qilmadi. Lekin qaysidir eshik yopilsa, boshqasi ochiladi. Shunday ekan, men bu yerda bo‘lishdan nihoyatda mamnunman. O‘zimni juda yaxshi tarafdan ko‘rsatishga harakat qilaman. Ushbu mavsumda jamoamga ko‘zlangan maqsadlariga erishishida yordam bera olaman, deb o‘ylayman.

— Aytingchi, «Andijon» klubini tanlashingizga nima sabab bo‘ldi?

— Men O‘zbekiston Superligasi haqida ko‘p eshitdim. Bu raqobatbardosh bo‘lgan yaxshi liga. Mening agentim «Andijon» varianti haqida gapirganida darhol «ha» deb javob berdim. Klub haqida ma’lumot qidirgan paytimda guvohi bo‘ldimki, O‘zbekistondagi eng yaxshi muxlislarga ega ekan. Ushbu klubni katta ambisiyalarga ega bo‘lgan jamoalardan biri desam ham bo‘ladi. Men o‘z faoliyatimda yangi chaqiriq bo‘lishini xohladim.

— «Andijon»ni oldinda muhim mavsum kutyapti. O‘zbekiston Superligasi, Kubogi, Superkubogi va Osiyo Chempionlar ligasi! Bu siz uchun ham juda qiziqarli bo‘lsa kerak-a?

— Ha, albatta. Har bir musobaqa o‘ziga yarasha qiziqarli. Biz yana Kubokni yutishni xohlaymiz. Ligada ham eng yuqori o‘rinlarni egallash uchun harakat qilamiz. Osiyo Chempionlar ligasida esa uzoqroqqacha borishni maqsad qilganmiz. Unutmasligimiz kerakki, may oyida bizni «Nasaf»ga qarshi Superkubok o‘yini kutib turibdi. Ushbu titulni ham yutishni xohlaymiz. Lekin bularning hech biri muxlislarimizsiz amalga oshmaydi. Mavsum davomida ishqibozlarimizni biz bilan birga bo‘lishlarini xohlaymiz va shunday ham bo‘ladi. Ishonamanki, biz birgalikda juda yaxshi ishlarni amalga oshira olamiz.

— Yangi maqsad va g‘alabalarga tayyormisiz?

— Men bu yerda bo‘lishdan xursandman. Yangi sinovlarga tayyorman. Yangi mavsum boshlanishini kutyapman.

—  Sizda ikkita fuqarolik bor ekan-a?

— Men Kosovodan tug‘ilganman. Lekin Sloveniyada voyaga yetdim. Ikkala mamlakat fuqaroligiga egaman.

— Jamoadagi ilk taassurotlaringiz qanday?

— Jamoa meni ajoyib kutib oldi. Ularga buning uchun rahmat aytmoqchiman. Murabbiylar shtabi, futbolchilar va klub xodimlari iliq qarshi oldilar. Men uchun biroz oson kechadi. Chunki bolqonlik bir nechta yigitlar ham  bor. Ular va butun jamoa menga istalgan masalada yordam berishlari mumkin. Hammaga rahmat aytaman.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 07:36, 07.02.2025.
O'qildi: 1615 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.